Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Amerikaning Oppenheimer kompaniyasi poytaxt reytingini ko‘tarish va unga investorlarni jalb etishga yordam berishni taklif qildi, deb xabar berdi hokimlik axborot xizmati.
Xabarga ko‘ra, Oppenheimer vakillari kompaniya mijozlarga innovatsion, individual yechimlar taklif qilishi bilan boshqa raqobatchilaridan ajralib turishini qayd etdi.
Oppenheimer moliyaviy maslahatchilari keng resurslardan va 1900ga yaqin mutaxassislarning tajribalaridan, xususan, aksiyalar bozori, kapital bozori va investitsiya-bank xizmatlari tadqiqotlaridan foydalanadi.
Oqilona maslahat berish va an'anaviy va noan'anaviy investitsion mahsulotlardan foydalanishga imkon berish Oppenheimer kompaniyasi biznesining asosini tashkil etadi, deya qayd etildi uchrashuvda.