Xitoyning Chery avtomobilsozlik kompaniyasi deyarli 176 mingta mashinasini benzonasoslardagi nosozlik sababli qaytarib olmoqda. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi ma'lum qildi.
1 noyabrda boshlanadigan kampaniya 2005 yil 1 martidan 2016 yil 24 iyunigacha ishlab chiqarilgan 7 ta modeldagi mashina, jumladan A5 va Cowin 3 modellarini qamrab oladi.
Ta'kidlanishicha, nuqson mashinaning yurib ketayotganida to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin, bu esa xavfsizlikka tahdid yaratadi. Kompaniya nosoz detallarni bepul almashtirib beradi.