Yilning birinchi yarmida norezidentlarning investitsion daromadi 1,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytiladi.
Eng katta ulush to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarga to‘g‘ri keldi - 602,5 mln dollar. Jalb qilingan kreditlar va qarzlardan daromadlar - 255 mln AQSh dollari, boshqa investitsiya daromadlari - 452 mln dollar.
Portfel investitsiyalaridan tushgan daromadlar 5,4 ml. AQSh dollarini tashkil etdi, yana 0,3 mln dollar banklardagi omonatlar va hisoblar hissasiga to‘g‘ri keldi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investorlar daromadidan reinvestitsiya qilingan daromadlar 469 mln AQSh dollari yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardan daromadlar umumiy miqdorining 77%dan ortig‘ini tashkil etdi.
Rezidentlarning investitsion daromadlari deyarli 10 barobarga kamroq bo‘ldi - 95,1 mln AQSh dollari, ulardan 89,1 mln AQSh dollari - xalqaro zaxiralarni joylashtirishdan olingan daromad. Bundan tashqari, tabiiy resurslardan foydalanish uchun renta 151,6 million dollarni tashkil etdi.
Chet eldagi rezidentlar daromadi 3,8 milliard dollarga baholandi (ular mehnat migrantlari).