O‘zbekistonda dollar kursi yana keskin ko‘tarildi

Iqtisodiyot 17:26 / 02.10.2018 64671

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 3 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 100,38 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8179,66 so‘mga yetgan.

1 yevro 23,58 so‘mga arzonlashib, 9468,77 so‘mni tashkil qildi.

1 Rossiya rubli 4,38 so‘mga qimmatlashdi va 1 rubl 125,84 so‘mga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi bir necha oy davomida pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana o‘sa boshladi. Bir necha hafta avval kurs keskin qimmatlashgan, kurs 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi. 

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: