YeOTB O‘zbekistondagi loyihalarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

Iqtisodiyot 13:55 / 02.10.2018 4611

Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA Novosti bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari Andrey Krayniyning bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda bank O‘zbekiston hududidagi loyihalarga faol ravishda sarmoya kiritmoqchi. Uning ta'kidlashicha, bu YeOTB o‘rta muddatli strategiyasining bir qismidir.

YeOTB boshqaruvi raisining o‘rinbosari Andrey Krayniyning aytishicha, bank qishloq xo‘jaligi, sanoat va qazib olish sohalarida ishlashni rejalashtirmoqda.

«O‘zbekiston hozircha YeOTBga a'zo emas - bunday qarorning qabul qilishi bo‘yicha vakolat hukumat darajasida», - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroosiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda filiallar ochishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: