Turkiya eksporti rekord darajaga yetdi

Iqtisodiyot 14:15 / 01.10.2018 22763

Turkiya eksporti rekord ko‘rsatkichni qayd etdi - yiliga 165,1 milliard dollar. "Anadolu" agentligi Turkiya savdo vaziri Ruxsor Pekjanning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, sentabr oyida Turkiya eksporti 22,6 foizga - 14,5 milliard dollarga o‘sdi. "Bu sentabr uchun tarixiy rekorddir", - deya ta'kidladi Pekjan.

Shuningdek savdo vazirining ta'kidlashicha, sentabr oyida Turkiya importi 18,1 foizga - 16,4 milliard dollarga qisqardi. 

Shu tariqa Turkiya eksporti va importi nisbati 88,4 foizni tashkil qildi. Bu so‘nggi 9 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir, dedi vazirlik rahbari.

Ko‘proq yangiliklar: