Bloomberg: Bill Geyts 171 mln dollarni yer maydonlariga sarfladi

Iqtisodiyot 08:02 / 01.10.2018 4051

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts qishloq xo‘jaligi yerlariga 171 million dollar miqdoridagi pulni sarfladi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi.

Geyts Janubiy Vashingtonda 14,5 ming akr yerni xarid qilgan. Yer bilan bog‘liq bitimlarga ixtisoslashgan Land Report nashri ma'lumotlariga ko‘ra, bu 2018 yilda AQShda sotib olingan eng katta yerga aylandi.

Ta'kidlanishicha, bitim bir necha vositachilik kompaniyalari orqali amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mask va Tsukerberg bir kunda 3,5 mlrd dollardan ayrilgani xabar berilgandi

Ko‘proq yangiliklar: