AQSh, Kanada va Meksika USMCA deb ataladigan yangi savdo kelishuviga erishdi. Bu haqda Kanada tashqi ishlar vaziri Xristi Friland va AQSh savdo vakili Robert Laytxayzerning Kanada hukumati saytida e'lon qilingan qo‘shma bayonotida aytiladi.
«Bugungi kunda AQSh va Kanada, xuddi Meksika singari, XXI asrning yangi, zamonaviylashtirilgan savdo kelishuvi haqida kelishib oldi: AQSh, Meksika va Kanada (USMCA) kelishuviga erishildi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, yangi kelishuv Shimoliy Amerika mintaqasida nisbatan erkin bozorlar, adolatli savdo va barqaror iqtisodiy o‘sishga olib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy iqtisodiyoti savdo urushidan jabr ko‘ra boshlagani xabar qilingandi.