«O‘zsanoatqurilishbank» respublikada JCB xalqaro kartalarini qabul qiladigan birinchi bank bo‘ladi​

Iqtisodiyot 19:48 / 26.09.2018 3777

JCB International Co., Ltd ​ va «O‘zsanoatqurilishbank»​ ATB O‘zbekiston Respublikasida «O‘zsanoatqurilishbank»​ ATBning ekvayring tarmog‘ida JCB​ to‘lov tizimi kartalarini qabul qilish to‘g‘risida lisenzion bitimni imzolash haqida e'lon qilishdi. Shunday qilib, «O‘zsanoatqurilishbank»​ ATB O‘zbekiston Respublikasida JCB xalqaro to‘lov tizimi kartalarini qabul qilishni boshlaydigan birinchi bank bo‘ladi. JCB karta egalari «O‘zsanoatqurilishbank»​ bankomatlarida naqd pul yechish va O‘zbekiston hududidagi savdo-servis korxonalari tarmog‘ida xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

«Aynan «O‘zsanoatqurilishbank»​ O‘zbekiston mehmonlariga, JCB karta egalariga mamlakatda bo‘lganda qulay sharoitlar yaratishga ko‘maklasha olishidan mamnunmiz. O‘zbekiston YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy shaharlarimiz Samarqand, Buxoro, Xiva, Qarshini eslatadi. Bu yo‘nalishlar ko‘hna tarixni namoyon etadi va butun dunyo sayyohlarida qiziqish uyg‘otadi. Bizning «O‘zsanoatqurilishbank»​ ATB bilan qo‘shma loyihamiz JCB kartalari faol muomalaga chiqariluvchi Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya va Singapur kabi mamlakatlardan sayyohlar va tadbirkorlar uchun ushbu shaharlarda JCB kartalarini qabul qilish tarmog‘ini ochadi. Bundan tashqari, 2018 yilda mazkur mamlakatlar uchun O‘zbekistonga 30 kunga vizasiz kirish tartibi joriy etildi, shuning uchun biz O‘zbekistonga turistlar oqimi o‘sishini kutishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida JCB kartalarini qabul qilish nafaqat Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, balki 2014 yildan JCB to‘lov tizimi kartalari faol muomalaga chiqarilayotgan Rossiyadagi karta egalari uchun ham yana bir xushxabar bo‘ladi»,​ deydi JCB International Euroasia Bosh direktori Takasi Suyetsugu. ​

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

JCB to‘lov tizimi - bu 1961 yilda Yaponiyada tashkil etilgan yetakchi xalqaro to‘lov tizimlaridan biridir. 1981 yilda JCB xalqaro bozorga chiqqan Osiyoda birinchi to‘lov tizimi bo‘ldi. JCB butun dunyoda kartalarni qabul qilish tarmog‘ini faol rivojlantirishni davom etmoqda hamda bozor yetakchilari bilan hamkorlik qilib, savdo-servis korxonalari bilan sheriklik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: