Brent nefti narxi 2014 yil noyabridagi maksimumni yangiladi

Iqtisodiyot 17:10 / 25.09.2018 8006

25 sentabr kungi savdolar chog‘ida Brent neftining bir barreli 82 dollarlik nuqtani qayd etdi va bu bilan 2014 yilning noyabridan buyon maksimum ko‘rsatkich qayd etildi.

Ekspertlarning hisoblashicha, narx oshishiga jahon bozorida kutilayotgan xomashyo defitsiti sabab hisoblanadi.

Ayni vaqtda Trafigura va Mercuria treyderlari neft narxi bir barreli 90 dollarga ko‘tarilishini, AQShning Eronga qarshi sanksiyalari ortidan yaqin oylarda 100 dollargacha chiqishi mumkinligini ham prognoz qilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp shu yilning may oyida Qo‘shma shtatlar Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishi haqida e'lon qilgandi. Buning ortidan rasmiy Tehronga qarshi sanksiyalar kuchga kira boshladi. Rasmiy Vashington noyabr oyidan importyorlardan Erondan neft xarid qilishni to‘xtatishni talab qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: