Neft qazib oluvchi asosiy kompaniyalar bir barrel uchun narx 2014 yildan beri ilk marotaba 100 AQSh dollariga yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, neftga narxlarning o‘sishi Qo‘shma Shtatlar tomonidan sanksiyalar tufayli Erondan neft yetkazib berishning to‘xtatilishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, joriy yilning to‘rtinchi choragida Amerika tomonining cheklovlari sababli bozorga kuniga 2 million barreldan kamroq neft kelib tushadi, bu 2019 yil boshida narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin.
Avvalroq, Yaqin Sharqda Trampga neftga narxlarning ko‘tarilishi munosabati bilan tahdidlardan so‘ng javob qaytarilgandi. Eronning neft vaziri Bijan Namdar Zangoniyning umid qilishicha, Trampning tviti OPEK + a'zolari pozitsiyasiga ta'sir qilmaydi hamda ularni uning ko‘rsatmalariga rioya qilishga majbur etolmaydi.