O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 25 sentabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 40,28 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8079,28 so‘mga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, keyingi bir necha oy davomida pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana o‘sa boshladi. O‘tgan haftada kurs keskin qimmatlashgan, kurs 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi. O‘zbek so‘mi 2017 yil 5 sentabridan buyon — mamlakatda valyuta liberalizatsiyasi boshlanganidan beri dollarga nisbatan hali hech bu qadar qadrsizlanmagandi.
Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.