AQSh Xitoy bilan yuzaga kelgan savdo urushida g‘olib chiqmoqchi

Iqtisodiyot 21:50 / 23.09.2018 10598

Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan yuzaga kelgan savdo urushida g‘olib chiqmoqchi va bojxona bojlarini joriy qilish siyosatidan chetlashmoqchi emas. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Fox News telekanaliga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

«Xitoy ko‘p yillardan beri Qo‘shma Shtatlarga qarshi savdo urushini olib bormoqda. Vashingtonning hozirgi ma'muriyati bu urushda g‘olib chiqish uchun qat'iyatga to‘la. Prezident Donald Tramp kerakli natijaga erishmaguncha, Xitoyga qilinayotgan bosimni kuchaytirib borishga tayyor», - dedi Pompeo.

Ko‘proq yangiliklar: