Suveren obligatsiyalarni joylashtirishdan olinadigan mablag‘lar nimalarga yo‘naltiriladi?

Iqtisodiyot 10:57 / 22.09.2018 3442

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirishdan olinadigan mablag‘larni tegishli muddatlarga O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirish stavkasidan 1 foizga yuqori stavkada qayta moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirishdan olinadigan mablag‘larni tegishli muddatlarga O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirish stavkasidan 1 foizga yuqori stavkada qayta moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirishdan olinadigan mablag‘larni tegishli muddatlarga O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirish stavkasidan 1 foizga yuqori stavkada qayta moliyalashtirish
tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, suveren obligatsiyalarni joylashtirishdan olinadigan mablag‘larni qayta moliyalashtirishda valyuta ayirboshlash kursidagi tafovut bo‘yicha xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjyetidan qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasining suveren obligatsiyalarini joylashtirishdan olinadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida kirim qilinadi.

Moliya vazirligi tomonidan suveren obligatsiyalarni joylashtirishdan olinadigan mablag‘lar:

avvalo, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga arzon uy-joylar, avtomobil yo‘llarini qurish (rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash), ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiyani yaxshilash, shahar va qishloqlarni, shu jumladan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida, shuningdek, boshqa infratuzilma obektlarini obodonlashtirish uchun;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Hukumat qarorlari asosida tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit shartnomasi asosida yo‘naltiriladi.

Loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilmagan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga suveren obligatsiyalarni joylashtirish stavkasidan yuqori stavkada belgilangan tartibda depozitlarga joylashtirishi mumkin.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari suveren obligatsiyalarni joylashtirishdan olinadigan mablag‘larni ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga murojaat qiladi.

Suveren obligatsiyalarni joylashtirishdan olinadigan mablag‘lar kredit oluvchilarga suveren obligatsiyalarni joylashtirish muddatidan oshmagan muddatga ajratiladi.

Kredit shartnomasi asosida ajratilgan mablag‘lar kredit oluvchilar tomonidan shartnomada belgilangan grafik asosida qaytariladi.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qaytariladigan mablag‘lar mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan qaytariladi.

Suveren obligatsiyalarni joylashtirishdan olinadigan mablag‘lardan kredit oluvchilar tomonidan maqsadli sarflanishi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: