O‘zbekistonda dollarning milliy valyutaga nisbatan kursi o‘sishda davom etmoqda.
20 sentabr kuni valyuta birjasidagi savdolar yakunlari bo‘yicha dollar kursi 10 so‘mga ko‘tarildi va 8 088 so‘mni tashkil etdi.
Tijorat banklarida dollar kursi 8 100 so‘mni tashkil etdi.
Kun.uz manbalari ma'lumotiga ko‘ra, ko‘plab tijorat banklarida dollar 8 120 so‘mdan sotib olinmoqda, 8 180-8 200 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 17 sentabr kuni Markaziy bank tomonidan chet el valyutalarining so‘mga nisbatan yangi kurslari belgilandi.
O‘shanda AQSh dollari 176,83 so‘mga qimmatlashdi va 8039,00 so‘mni tashkil etdi.