Fitch Ratings O‘zbekiston bank sektori bo‘yicha hisobotini e'lon qildi

Iqtisodiyot 15:38 / 20.09.2018 7146

Fitch Ratings yangi hisobotida ta'kidlanishicha, o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston bank sektorining o‘sishi iqtisodiyotga davlat investitsiyalari hisobidan ta'minlanadi. Sektorning moliyaviy ko‘rsatkichlari sezilarli darajada bozor ulushlari va olib borilayotgan siyosatdagi o‘rni tufayli davlat banklariga bog‘liqdir.

Sektordagi kreditlashning o‘sishi (ayirboshlash kursi dinamikasi hisobga olinmaganda) jiddiy bo‘ldi, 2017 yilda 31 foizlik darajada. Bu iqtisodiyotga davlat investitsiyalari sektordagi barcha aktivlarning 82 foiziga ega bo‘lgan davlat banklari orqali uzatilishi bilan bog‘liq.

Sektorda aktivlarning sifati yaxshidir: qadrsizlangan kreditlar 2017 oxirida sektordagi yalpi kreditlardan faqat 1,2 foizni tashkil qilgan hamda to‘liq kredit bo‘yicha yo‘qotishlarga zaxiralar bilan qoplangan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kreditlarning dollarlashuvi yuqori (2017 yil oxirida - 62%), biroq, yirik investitsiya kreditlari, odatda, davlat tomonidan kafolatlangan. Xorijiy valyutada qarz jalb qiluvchi nisbatan kichik korxonalar valyuta daromadlariga ega emas va shuning uchun 2017 yilda milliy valyuta (o‘zbek so‘mi)ning keskin qadrsizlanishidan so‘ng valyuta xavflariga ega.

Daromad olinishi 2017 yilda 13 foizlik darajadagi o‘rtacha kapitalga daromadlilik holatida ma'quldir. Hisobotga ko‘ra, sektor so‘m kursi pasayishidan keyin valyutaning qayta baholanishidan jiddiy daromadga ega bo‘ldi, bu foizsiz daromad ulushini yalpi daromaddan 60 foizgacha oshirdi.

Sektordagi kapitallashuv 2017 oxirida 16,6%lik 1 darajadagi kapital yetarlilik muntazam ko‘rsatkichida qabul qilinadi, bu minimal talabdan 9,5%ga yuqori.

Davlat mulkidagi banklar ham bu dasturlardan tashqari qo‘shimcha kapital va yangi kapital badallar olishdi, bu o‘sishni qo‘llab-quvvatlash hamda aktivlar sifati bilan muammolarni yopishda foyda berdi.

Sektorda moliyalashtirishning asosiy ulushi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi tomonidan taqdim etildi. Bu esa, 2017 yil oxirida kreditlarning depozitlarga nisbatan 188% darajada bo‘lishiga olib keldi.

«Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan moliyalashtirish ulushi 2017 yil oxiriga sektor majburiyatlaridan 30-40 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, mijozlar depozitlariga yana 40 foiz to‘g‘ri keldi. Likvidli aktivlar sektor umumiy aktivlaridan 27 foizni tashkil qildi va butun mijozlar moliyalashtirishidan 76 foizni qopladi, bu, bizning fikrcha, o‘ziga xos mustahkam zaxiradir», - deya ta'kidlaydi Fitch tahlilchilari.

Ko‘proq yangiliklar: