O‘zbekiston Tojikiston sementining asosiy xaridoriga aylandi

Iqtisodiyot 17:20 / 19.09.2018 15893

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Tojikistondan 920 ming tonna sement eksport qilindi, bularning yarmidan ko‘pi O‘zbekistonga hissasiga to‘g‘ri keldi, deb xabar beradi «ASIA-Plus» Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi ma'lumotlariga tayangan holda.

Respublikadan sement eksporti 2017 yilda taxminan 1 million tonnani tashkil etdi. Ya'ni, o‘tgan yilda sementning o‘rtacha oylik eksport hajmi 84 ming tonnani, joriy yilda esa - 115 ming tonnani tashkil etdi. Shu tariqa, ushbu mahsulot eksportining o‘sishi deyarli 37%ga teng bo‘ldi.

Joriy yilning sakkiz oyi davomida 520 ming tonna tojik sementi O‘zbekistonga yetkazib berildi. Bu ushbu davrda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarining 20 foizidan ko‘prog‘idir. Afg‘onistonga 340 ming tonnadan ziyod tojik sementi, Qirg‘izistonga esa 60 ming tonnasi eksport qilindi.

Hozirda Tojikistonda sement ishlab chiqarish bo‘yicha 14 korxona faoliyat yuritmoqda, ularning umumiy yillik quvvati 5 million tonnani tashkil etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: