Xitoy raqamli iqtisodiyotga qariyb 15 mlrd dollar investitsiya kiritadi

Iqtisodiyot 15:12 / 19.09.2018 4760

Xitoy yaqin besh yil davomida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga taxminan 100 mlrd yuan (14,6 mlrd dollar) investitsiya kiritishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda «Sinxua» xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, ko‘rsatilgan mablag‘lar katta ma'lumotlar bazalari, bulutli servislar, aqlli shaharlar va «raqamli Ipak yo‘li» bilan aloqador bo‘lgan loyihalarga yo‘naltiriladi.

Agentlikning qayd etishicha, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish zamonaviy ko‘rinishdagi iqtisodiyotni qurish va Xitoyda yuqori texnologiyali taraqqiyotni ilgari surish bo‘yicha maqsadlardagi eng muhim vazifalardan sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoy OAVga talab qo‘ygandi. 

Ko‘proq yangiliklar: