Bugun, 18 sentabr kuni Toshkent shahar hokimligida Janubiy Koreyaning “KSP” dasturi rahbari Kyun Seo Park boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muzokaralarda Janubiy Koreyaning “Korea EXIMbank” moliyaviy granti hisobiga jamoat transporti faoliyatini rivojlantirish, istiqbolli loyihalar va o‘zaro strategik hamkorlikni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Ma'lumot uchun, “Korea EXIMbank” 1976 yilda tashkil etilgan. U faoliyati davomida, turli istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, davlatlararo iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish ishlarini bajarib keladi.