«Tabiatni ko‘rganida yig‘laydi». Shumaxer haqida yangi ma'lumotlar paydo bo‘ldi

Foto: SoyMotor.com
«Formula-1» yetti karra chempioni Mixael Shumaxerning qarindoshlari afsonaviy poygachining holati haqida gapirib berishdi.
Poygachiga yaqin bo‘lgan shaxslardan birining ta'kidlashicha, falajlangan sportchi yig‘lay oladi.
«Biz uni nogironlar aravachasiga o‘tqazib, tog‘lar va ko‘lga qaratilgan ajoyib tabiat manzarasini ko‘rsatganimizda, u ba'zan yig‘laydi», - deya Shumaxerning nomi oshkor etilmagan qarindoshi so‘zlarini keltiradi Mirror.
Shumaxer 2013 yilda boshidan og‘ir jarohat olib, yarim yil davomida komada bo‘ldi. O‘shandan buyon 49 yoshli nemisning ahvoli haqidagi ma'lumotlar yashiriladi, uning yaqinlari jamoatchilikdan shaxsiy hayotga aralashmaslik haqida so‘raydi.
Mavzuga oid

09:51 / 13.02.2025
Sud Mixael Shumaxerning oilasiga nisbatan shantaj ishi bo‘yicha hukm chiqardi

17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi

15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

22:32 / 25.06.2024