Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda mobil telefonlar ishlab chiqaradi

Fan-texnika 17:22 / 13.08.2018 24332

“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati yaqinda Hindistonga amalga oshirgan tashrifi davomida O‘zbekistonda mobil telefonlar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda "Xalq so‘zi" yozmoqda.

Kompaniya raisi o‘rinbosari Umid Islomning aytishicha, hindistonlik investorlar, yirik elektrotexnika sanoati kompaniyalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan muzokaralar juda samarali bo‘ldi. Natijada “LAVA” kompaniyasi bilan hamkorlikda uyali aloqa vositalari ishlab chiqarishga kelishib olingan bo‘lsa, “KEC InternationalLTD” kompaniyasiga qiymati 10 million AQSh dollarilik kabel va transformatorlar yetkazib berish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Aytish joizki, “LAVA” brendi nafaqat Hindiston, balki xorij bozorlarida ham o‘z o‘rniga ega. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan telefon, planshet, noutbuk kabi elektrotexnika mahsulotlari yuqori sifati, o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi. Chunki yangi mahsulotlar tashqi ko‘rinishi ustida kompaniyaning 50 kishilik Dizayn markazi mutaxassislari uzoq izlanishlar olib boradi.

“O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasida safar yakunlariga bag‘ishlab tashkil etilgan brifingda qayd etilishicha, O‘zbekistonda mahsulotlar yangi brend ostida ishlab chiqariladi. Dastlab turli yosh toifasidagi kishilar uchun uch xil modeldagi mobil telefonlar tayyorlash o‘zlashtirilishi mo‘ljallanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: