Akkumulyatori almashtirilgan iPhone portlab ketdi

Fan-texnika 19:25 / 10.08.2018 23547

Xitoylik qiz Pear Video videoxostingiga akkumulyatori almashtirilgan iPhone’ning portlashi aks etgan videoyozuvni joylashtirdi.

Videoda qiz avtomobilda ketayotib smartfonini old panelga qo‘ygani ko‘rinadi. Keyin portlash tovushi eshitilib, smartfondan tutun ko‘tariladi, qiz esa qichqirib yuboradi. Bir necha soniyadan so‘ng qurilma olov ichida qoladi.

Videoga izohda yozilishicha, iPhone akkumulyatori shu yilning fevralida almashtirilgan. Keyinroq portlashga sifatsiz batareya sabab bo‘lgani ma'lum bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: