1 avgust Ekologik burch kuni Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga ular sayyoramizga qanday ta'sir ko‘rsatayotganliklarini bilish imkonini beruvchi qo‘shma testni ishga tushirmoqdalar. Test yordamida OK ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Rossiya WWFguruhida qanday qilib o‘z ekoizini kamaytirish va qulay atrof-muhitni saqlab qolish mumkinligini bilib olishadi.
Testning 12 ta savollariga javob bergan holda, foydalanuvchilar ularning qay bir harakatlari ko‘proq tabiatga ta'sir ko‘rsatishi, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari, transportni to‘g‘ri tanlagan holda va maishiy odatlarni o‘zgartirgan tarzda, qanday qilib ekoizni kamaytirishni tushunib olishlari mumkin. Foydalanuvchilar shuningdek “Boing” tomonidan chiqarilayotgan karbonat angidrid gazi undagi uchayotgan har bir yo‘lovchiga qanchadan to‘g‘ri kelishi, yoki salbiy iqlim o‘zgarishlari oqibatlari bilan bog‘liq ravishda biz qanday mahsulotlardan ayrilib qolishimiz mumkinligini bilib olishadi.
Test foydalanuvchilarning iste'mol qilishga qanchalik ongli ravishda munosabatda bo‘lishlari to‘g‘risidagi taxminiy tasavvurni beradi. Taklif qilingan javoblardan birini tanlagan holda, test qatnashchisi u yoki bu odat atrof-muhitga qanchalik ta'sir o‘tkazishi va qanday global oqibatlarga olib kelishini tushuntiruvchi keng sharhni oladi. Test natijalari bilan foydalanuvchilar o‘z do‘stlari bilan OKda o‘rtoqlashishlari mumkin.
Ekologik burch kuni — bu Yer bir yil ichida qayta tiklashga qodir bo‘lgan barcha resurslarni insoniyat tamom qilgan kundir. Shu kundan boshlab va to Yangi yilga qadar odamlar bioresurlarni sayyoradan “qarzga” olishadi.
WWF tadqiqotlariga muvofiq, odamlarga biologik resurslarga — qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, dengiz baliqchiligi mahsulotlariga bo‘lgan bazaviy ehtiyojlarni ta'minlash va karbonat angidrid gazi chiqindilarini o‘ziga olishi uchun endi 1,7ta biznikiga o‘xshash sayyora talab qilinadi.
Har yili inson Ekologik burch kunini tobora yangi yilning boshlanishiga ko‘chirgan holda, yanada tezroq va tezroq sayyora resurslarini sarf qilib bormoqda. 2015 yilda ushbu sana 13 avgustga, 2016 yilda — 8 avgustga, o‘tgan yili esa — 2 avgustga to‘g‘ri keldi. Bu yil Global Footprint Network (ekologik izning hisobi bilan shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot) ekspertlari sayyora resurslarini iste'mol qilish masshtablarini baholab ko‘rishdi va Ekologik burch kunini 1 avgustga belgilashdi. Shunday qilib, Ekologik burch kuni 1 kun orqaga surildi.
Odnoklassniki muntazam ravishda Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) ning ijtimoiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlab kelishadi. Xususan, 2013 yilda ijtimoiy tarmoqning 404-sahifasida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar to‘g‘risidagi axborot joylashtirilgan edi, 2016 va 2017 yillarda esa OK foydalanuvchilari “Yer vaqti” aksiyasiga qo‘shilishdi. OK Live mobil ilovasi yordamida foydalanuvchilar qanday qilib atrof-muhit to‘g‘risida qayg‘urayotganlari va qanday qilib “Yer vaqti”ni o‘tkazishni mo‘ljallashayotganliklarini hikoya qilib berishgan edi.