Odnoklassniki xitoy tovarlari sharhi bilan ijtimoiy tarmoqning o‘z marketpleysida «Hamma narsalar» — videodo‘konini ishga tushirishdi. Yangi loyiha yordamida OK foydalanuvchilari har xil toifadagi qiziqarli tovarlarni o‘rganishlari, ular haqida olib boruvchilarning fikrlarini bilishlari va boshqa xaridorlarning videofikrlarini ko‘rishlari mumkin. Loyiha uchun maxsus ravishda OK videopleyeriga yangi interaktiv imkoniyatlar o‘rnatildi: tovarlarning narxlari bilan annotatsiyasi va “Sotib olish” tugmachasi, videoni ko‘rish bilan bir vaqtda, xaridni amalga oshirish imkonini beradi.
«Hamma narsalar» videodo‘koni telemarket an'anaviy mexanikasini ommaviy blogerlik anboksing (tovarni o‘ramdan chiqarish) formati bilan birlashtirdi. Tovarlarning barcha sharhlari «Tovarlar — bu OK» guruhida kirish mumkin bo‘lgan yagona videooqimda namoyish etiladi. Oqimga allaqachon internet-do‘konning eng mashhur 40 tacha tovarlari, shu jumladan, kiyimlar, uy va oshxona jihozlari, texnika sharhlari kiritib qo‘yilgan.
Tovarlarni sotib olish uchun OK videopleyeriga tovarlarning narxlari, qisqacha tavsifi va internet-do‘konga olib boradigan tugmacha bilan interaktiv annotatsiyasi o‘rnatilgan. Tovar kartochkasiga o‘tish vaqtida video mini-pleyerga buriladi, bu esa bir vaqtda ko‘rishni davom ettirish va xaridni amalga oshirish imkonini beradi.
«Hamma narsalar» konsepsiyasi asosida — foydalanuvchilar bilan o‘zaro harakat interaktiv mexanikasi, shuningdek, tovar xususiyatlarining haqqoniy sharhi yotadi. Ko‘rsatuvni olib boruvchilar nafaqat plyuslarga, balki minuslarga ham e'tiborni qaratishadi: masalan, agar tovar tarkibi yetkazib beruvchi tomonidan berilgan tarkibga mos kelmasa yoki o‘lchov turi xalqaro standartlardan farq qilsa. Shouni olib boruvchilar anonslaridan tashqari, sharhlarda tovarni sotib olgan real foydalanuvchilarning videofikrlari ham paydo bo‘ladi.
OK foydalanuvchilari buyurtma berilgan tovarlarning videosharhlarini #vseoktovary xeshtegi bilan jo‘natib, loyihaning bir qismiga aylanishlari mumkin. Eng yaxshi videolardan videodo‘konda foydalaniladi, ularning mualliflari esa ijtimoiy tarmoq pullik servislariga kirish imkoniga ega bo‘lishadi.
«Hamma narsalar» videodo‘konining ishga tushishi — Mail.Ru Group elektron kommersiyasi platformalarining ijtimoiy tarmoqlar bazasida rivojlanishidagi navbatdagi qadamdir. Dastlabki to‘laqonli internet-do‘kon Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ida 2018 yilning aprel oyida ochilgan edi. Marketpleys tovarlarning Pandao bilan yagona platformasida elektron kommersiya rivojlanishining global strategiyasi doirasida yaratildi. Do‘kon flash sales formatida ishlaydi, ya'ni ommabop tovarlarni tezda sotish, hamda barcha platformalarda, shu jumladan, OK mobil ilovalari desktop va mobil versiyalarda ham, unga kirish imkoni mavjud. Unda shuningdek, yana tovarlar toifalari bo‘yicha qidiruv va kengaytirilgan navigatsiya ham mavjud.
Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining «Lenta», «Video» va OK Live mahsulotlari bo‘yicha direktori:
– Odnoklassniki Rossiyada birinchi marta telemarketingda videopleyerning interaktiv mexanikasini ishlatdi. Tovar annotatsiyasi va “Sotib olish” tugmachasi nafaqat foydalanuvchi uchun qulay, balki yana bizga tovarning tomoshabinlarga qay darajada qiziqarli ekanligini onlayn rejimida ko‘rish imkonini beradi. Biz uchun shunisi muhimki, xaridorlarning o‘zlari videosharhlar yordamida loyiha kontentiga ta'sir ko‘rsatishlari mumkin, videosharhlarda ular tovar haqidagi o‘z taassurotlari bilan ijtimoiy tarmoqning keng auditoriyasi bilan o‘rtoqlashishadi.