Armanistondagi Magicup startapi suyuqlikni isitadigan stakan yaratdi. Tugmacha bosilishi bilan stakandagi choy yoki qahva 72 darajagacha isiydi, deb yozmoqda Sputnik Armaniston.
"Ularni qayta tiklash ham mumkin, faqat ishlab chiqarish sharoitlarida. Shu bois stakanlarni keyinchalik to‘plab, qaytarib olib kelishlari uchun ovqatlanish muassasalarigagina sotamiz. Bunday stakanni ko‘chada o‘zi bilan olib yurganlar qahvani ichib bo‘lib bo‘shagan idishni tashlab yuborishlari mumkin. Biz esa plastikni tashlab yuborishlarini istamaymiz", —dedi startap vakili Movses Makaryan.
Stakanlar ikkita devorga ega. Devorlar o‘rtasida issiqlik reaksiyasiga ega modda joylashtirilgan. Tugmacha bosilishi bilan modda harakatga tushib issiqlik chiqaradi va suyuqlikni isitadi.
"Bizning modelimiz havo harorati to‘rt darajagacha sovuq bo‘lganida ham ishlaydi. U suyuqlikni 72 darajagacha isita oladi", — dedi Makaryan.
Magicup startapiga talabalar asos solishgan. Movses Makaryan Singapurdagi universitetda o‘qiydi. Uning hamkori birga o‘qiydigan hindistonlik do‘sti Jay Malxotra. Ularga armanistonlik tajribali muhandis va ximiklar yordam berishmoqda.
Magicup tez orada o‘z texnologiyasini Armanistonda patentlashtirmoqchi va korxona sifatida ish boshlamoqchi. Ularning aytishlaricha, stakanlarni mijozlar talabidan kelib chiqib likopga ham aylantirish mumkin.