Xiaomi «sof» Android’da ishlaydigan Mi A2 va Mi A2 Lite smartfonlarini namoyish qildi

Fan-texnika 14:26 / 25.07.2018 13804
Foto: Xiaomi 

Xiaomi kompaniyasi Ispaniyada Android One tizimida ishlaydigan Mi A2 va Mi A2 Lite smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi. 

Mi A2 20 va 12 megapikselli qo‘sh kamera va 20 megapikselli old kamera bilan jihozlangan, ekrani 5,99 dyuym bo‘lib, Gorilla Glass bilan qoplangan. Smartfon Qualcomm Snapdragon 660 protsessorida ishlaydi, qurilmaning qalinligi 7,3 mm, tezkor xotirasi 4 yoki 6 GBni tashkil etadi.

Foto: Xiaomi 

Mi A2 Lite 5,84 dyuymli ekrani bilan farq qiladi, uning tomonlar mutanosibligi 19:9ga  teng. Smartfon 20 va 5 megapikselli qo‘sh kamera, 5 megapikselli old kameraga ega, Qualcomm Snapdragon 625 protsessori o‘rnatilgan, 3 yoki 4 GB tezkor xotirali bo‘lib, akkumulyator sig‘imi 4000 mAsni tashkil etadi.

Foto: Xiaomi 

Mi A2 Ispaniya bozoriga quyidagi narxlarda chiqadi:

4 GB tezkor xotira + 32 GB qurilma xotirasi - 249 yevro, 4 GB + 64 GB - 279 yevro, 6 GB + 128 GB - 349 yevro.
Mi A2 narxlari quyidagicha bo‘ladi: 3 GB + 32 GB - 179 yevro, 4 GB + 64 GB - 229 yevro.
Smartfonlar jahonning 40 mamlakati bozoriga chiqishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: