Internetda Ilon Maskning Tesla kompaniyasi ishlab chiqaradigan smartfonning old va orqa panellari suratlari paydo bo‘ldi.
Smartfon Quadra degan shartli nom olgan. U haqdagi ma'lumotlar o‘tgan yil noyabrida paydo bo‘lgandi. Suratlarga ko‘ra, smartfon hoshiyasiz, yuqori qismida dinamik va old kamera uchun joy bo‘lgan displey oladi. Telefonning orqa tomonida Tesla logotipi, asosiy dinamik va qo‘sh kamera uchun joylar bo‘ladi.
Yaqin orada smartfon ko‘rsatkichlari, uning sotilishi boshlanishi va taxminiy narxi kabi batafsilroq ma'lumotlar berilishi kutilmoqda.