Telegram faoliyatida uzilishlar ro‘y berdi

Fan-texnika 15:30 / 22.07.2018 11028

Downdetector portali bergan xabarga ko‘ra, Telegram messenjeri foydalanuvchilari undan foydalanishda muammoga duch keldi.

Tizimdagi uzilishlar 22 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Misrda kuzatilgan. Shuningdek, AQShning bir nechta shtatlaridan ham messenjer ishidagi nosozliklar bilan bog‘liq shikoyatlar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, foydalanuvchilarning 48 foizi xizmatga ulanish bilan bog‘liq muammoga duch kelishgan, 27 foizi ro‘yxatdan o‘ta olmagan bo‘lsa, yana 23 foiz foydalanuvchi xabarlar jo‘natish va qabul qilishda muammolarga duch kelgan.

Oxirgi marta Telegram ishida nosozliklar 1 iyul kuni ko‘zga tashlangan edi. O‘shanda messenjer Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Fransiya davlatlarida ishlamay qolgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: