Apple kompaniyasi 2017 yil sentabrda bir vaqtda uchta turli qurilmani quvvatlovchi simsiz quvvatlagich Apple’ni taqdim qilgandi. Bu gadjyet 2018 yilning 1-yarmida sotuvga chiqishi kerak edi, biroq hanuzgacha bu qurilmani do‘konlarda uchratib bo‘lmayapti.
22 iyulda esa Samsung bir vaqtda ikkita smartfonni quvvatlovchi simsiz quvvatlagichni yaratgani ma'lum bo‘ldi.
Insayder Roland Kvandat Samsung Wireless Charger Duo deb nomlangan ushbu qurilmaning qutisi suratini internetda joylashtirdi. Qutining yon tomonida qurilma bir vaqtning o‘zida ikkita smartfonni yoki bir smartfon va bir smart-soatni quvvatlay olishini ko‘rish mumkin.
Ushbu qurilmaning negizida Qi texnologiyasi yotadi. Qurilma 2019 yil 9 avgustda Galaxy Note 9 smartfoni va Galaxy Watch smart-soati taqdimotida rasman taqdim qilinishi ehtimol qilinmoqda.
Qurilma quvvatlashni magnit induktivlik hisobiga ishlovchi Qi texnologiyasi yordamida amalga oshiradi. Qurilma nafaqat Samsung telefonlari, balki boshqa kompaniyalar telefonlari bilan ishlay oladi. Buning uchun gadjyet Qi texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi lozim. Qurilmaning AQShdagi narxi 75 dollar atrofida bo‘ladi.