20 iyul kuni AT&T kompaniyasi Oklaxoma, Sharlotta va Reley (Shimoliy Karolina) shaharlarida simsiz aloqa tarmog‘i faoliyatida yangi xizmatni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Ma'lum qilinishicha, AQShda 5Gni ishga tushirish jarayoni jadal sur'atlar bilan amalga oshmoqda. AT&Tning raqiblari T-Mobile va Sprint Corp ham loyihaga katta sarmoya kiritish niyatida. Mamlakatdagi eng yirik simsiz aloqa operatori - Verizon Communications korporatsiyasi 5Gni tashkillashtirishga mas'ul etib rahbariyat tuzilmasi tarkibida bosh texnolog direktori lavozimi tashkil etdi.
AT&T bosh texnologi Andre Fuyetsh jurnalistlarga bergan intervyusida yangi avlod aloqa tarmog‘i yil oxirigacha xizmat ko‘rsata boshlashini, lekin aniq kuni belgilanmaganligini aytgan.
Kompaniya bundan oldin Atlanta, Dallas, Veko va Texasda ham shunday imkoniyat yaratilishi haqida xabar bergandi. Aynan ushbu shaharlarning tanlanishiga sabab - AT&T uchun ushbu hududlarda kerakli infratuzilmani o‘rnatishga barcha sharoitlar yaratilgan. Fuyetsh texnologiyani quchoq ochib kutib oladigan shaharlar bilan hamkorlik qilganligini ta'kidladi.
5Gga mo‘ljallangan smartfonlar 2019 yilgacha yaratilmasligi aniq. Shunga ko‘ra,kompaniya foydalanuvchilarga mavjud uyali aloqa vositalari bilan 5G tarmog‘iga kirishga yordam beradigan maxsus qurilma ishlab chiqish niyatida.