Samsung kompaniyasi Galaxy S va Note seriyalarini birlashtirib, flagman qurilmalari qatorini soddalashtirish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya OAV ma'lum qildi.
Kompaniya yetkazib beruvchilari va hamkorlarini flagman smartfonlar miqdori kamayishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Galaxy S Plus va Note smartfonlari stiluslaridan tashqari, o‘xshash imkoniyatlarga ega. Samsung ikkita smartfon o‘rniga bitta smartfon chiqarib, narxni pasaytirishi va daromadni oshirishi mumkin.