Korxonalar uchun eng xavfli mobil dasturlar ma'lum qilindi  

Fan-texnika 08:25 / 20.07.2018 12989

Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar korporativ mijozlar uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan eng xavfli mobil dasturlar ro‘yxatini tuzishdi. Bu haqda Appthority kompaniyasining tadqiqotida aytilgan. 

Mutaxassislar iOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar uchun eng xavfli dasturlar sifatida WhatsApp va Facebook Messenger messenjerlarini aytishgan. Antireytingning 3-o‘riniga Waze navigatsion dasturi qo‘yilgan.

WhatsApp va Facebook dasturlari Android-smartfonlar uchun ham eng xavfli dasturlar deb topilgan. Biroq bu yerda 3-o‘ringa Telegram qo‘yilgan. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Waze va Telegram ushbu reytingga ilk bor kiritilgan.

Facebook va WhatsApp dasturlari 10 balldan 7 ball olgan. Katta ball olish bu dasturlar korxona bilan bog‘liq ma'lumotlarni ma'lumotlar serveriga jo‘natishi mumkinligini yoki xavfsizlik siyosatiga mos kelmasligini anglatadi. Misol uchun, reytingga kiritilgan ko‘plab servislar manzillar kitoblari va SMS-xabarlarni yot serverlarga jo‘natadi va HTTPS bayonnomasini o‘chirib qo‘yadi.

Mutaxassislar, shuningdek, korxonalar ma'lumotlar chiqib ketishi oldini olish uchun o‘zlari mustaqil ravishda qora ro‘yxatga kiritadigan dasturlar toifasi haqida ma'lum qilishgan. Bunday taqiqlovga ko‘pincha messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar mijozlari va onlayn-tanishuvlar uchun servislar tushadi. 

Ko‘proq yangiliklar: