Ucell kompaniyasi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun maxsus daqiqalar, mobil internet va SMS-to‘plam kiritilgan Special tariflarini yo‘lga qo‘ydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda biznes muhitini yaxshilash, faol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va innovatsion g‘oyalar bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Hukumatimizning sa'y-harakatlari natijasini bermay qolmadi - hozirgi kunda O‘zbekistonda shaxsiy biznesni boshlash uchun tom ma'noda atigi bir kun kifoya.
O‘zining biznesiga ega bo‘lish, hech kimning qo‘liga qarab qolmasdan hammasi faqat shaxsiy ko‘nikmalar va tijoriy zehnga bog‘liq bo‘lishi - bu barcha uchun a'lo imkoniyat. Ishni boshlashda eng asosiysi - ishga aql va minimal xavf bilan kirishish, shuning uchun ko‘pchilik tadbirkorlar o‘z ishini YaTTni(yuridik shaxs tashkil qilmagan yakka tartibdagi tadbirkor) ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlaydi.
Bundan tashqari, ishni boshlashda hokimiyatda patent olish, o‘z muhriga ega bo‘lish, bankda hisob ochish, ofis ijaraga olish va zaruriyat tug‘ilsa, terminalli nazorat-kassa mashinasi ham kerak bo‘ladi. Ko‘pchilik zamonaviy biznesning muhim qismi sanalgan, usiz hozirda ish bitmaydigan mobil aloqa haqida unutib qo‘yadi.
O‘zbekistonning telealoqa bozori yetakchilaridan biri sanalgan Ucell kompaniyasiga sifatli mobil aloqa barqaror internet biznesni rivojlantirish uchun qanchalik muhim ekanligi yaxshi ma'lum. Bugungi kunda kompaniya yirik korporatsiyalardan tortib kichik hajmdagi kompaniyalargacha bo‘lgan har qanday o‘lchamdagi biznes uchun bir nechta foydali korporativ tarif rejalarini taklif etadi.
Shuningdek, Ucell biznesga ilk qadam qo‘ygan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ham o‘ylab ish qildi. Kompaniya aynan YaT uchun mo‘ljallangan Special tarif rejalarini ishga tushirdi. Ushbu tariflarda internet megabaytlari va beriladigan daqiqalar o‘rtasida tanlash zaruriyatidan xolos bo‘lasiz. U quyidagi to‘rtta tarifni o‘z ichiga oladi: Special Mini, Special Mix, Special Super, Special X. Ularda sizga nima kerak bo‘lsa hammasi mavjud: tezligi yuqori mobil internet, gaplashish uchun daqiqalar va SMS-to‘plam. Bor-yo‘g‘i o‘zingizga eng qulayini tanlaysiz, xolos.
Special Mini - biznes boshlayotganda eng ma'qul tarif: 25 ming so‘m evaziga 1 GB mobil internet, tarmoq ichida 1250 daqiqa, barcha tarmoqlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 100 daqiqa va bonus sifatida 500 ta SMS taqdim etiladi.
Special Mix - yanada mukammallashtirilgan tarif: 40 ming so‘m evaziga 4 GB mobil internet, tarmoq ichida 3000 daqiqa, barcha tarmoqlarga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar uchun 1000 daqiqa va O‘zbekiston bo‘ylab 1000 ta SMS olishingiz mumkin. Bu istalgan vaqtda internet-bankingni tekshirib ko‘rish, Telegram orqali narxlar ro‘yxati va rasmlarni tezkor yuborish, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifani qo‘llab-quvvatlash va shu bilan birga telefonda har doim mijozlar bilan aloqada bo‘lib turishga imkoniyat demakdir.
Special Super tarifi 60 ming so‘m evaziga 8 GB mobil internet, tarmoq ichida va tarmoqdan tashqarida gaplashish uchun 3000 daqiqa va O‘zbekiston bo‘ylab 1000 ta SMS taqdim etadi. Boshqa tarif rejalari kabi ushbu tarif ham osongina pochtani tekshirib ko‘rishingiz, messenjerlarda hamkorlar bilan aloqada bo‘lishingiz, smartfonning CRM-tizimidan foydalanishingiz va respublikaning istalgan nuqtasidan biznes yuritishingizga yordam beradi.
Special X - ko‘proq muloqotda bo‘ladiganlar uchun mos keladigan eng zo‘r tarif. Ucell 100 ming so‘m evaziga 18 GB mobil internet, tarmoq ichida va tarmoqdan tashqarida gaplashish uchun 6000 daqiqa va O‘zbekiston bo‘ylab 1000 SMS taklif etadi. Bunday tarif bilan trafik tugab qoladi deb tashvishlanmasdan, hattoki mahsulotingizning videotaqdimotini ham osongina yuborishingiz mumkin.
Bu juda muhim: internet trafik limiti va gaplashish uchun daqiqalar kalendar oyi yakunida o‘chiriladi.
Special tarif rejalariga patentingizning asl nusxasini ko‘rsatsangiz yoki YaTTning ishchilari yoki hamkorlari uchun korporativ tarif rejasiga ulanishga to‘ldirilgan sertifikatni taqdim qilsangiz, Ucell kompaniyasining korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish ofislarida va kompaniyaning rasmiy dilerlarida ulanishingiz mumkin.
Special tarif rejalari haqida batafsil ma'lumotni Ucell.uz saytidan yoki quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali olishingiz mumkin: (+99893) 184-09-00.
O‘tish kodi: *120*2#
Limitlar qoldig‘ini tekshirish: *102#
Reklama huquqi asosida