Uchta yirik mobil kompaniyalar – SK Telecom, KT va LG U+ keyingi yili birinchi marotaba 5G xizmatlarini yo‘lga qo‘yishadi. Ushbu harakat davlat rahbari Mun Jye Inning Koreyani 5G texnologiyasini faollashtirishda yetakchi bo‘lishiga qaratilgan maqsadini amaliy ko‘rinishi sifatida baholanadi.
17 iyul kuni Marriot Park Center (Ceul)da Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Yu Yung Min kompaniyalar rahbarlari – Ha Hyun Hvoi (LG U+), Hvang Chang-Gyu (KT) va Park Jung Ho (SK Telecom) bilan uchrashib foydali kelishuvga erishdi.
«Mamlakatda 5G texnologiyasini joriy etish va global bozorda ustunlikni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurashlardan qochish kerak. Bu yo‘lda bir-biringizga ko‘mak berishingizni so‘rayman. Birgalikdagi hamkorlik juda muhim», dedi vazir Yu rahbarlarga qarata.
Ushbu fikrlarga javoban SK Telecom direktori shunday degan: «Biz, albatta, sog‘lom raqobatni rivojlantirgan holda sanoat ekotizimini qadrlaymiz».
KT boshlig‘i ham nutq so‘zladi: «Umuman olib qaraganda, 4G xizmatlari B2C biznesi bilan bog‘langan, lekin hozirda ularning soni juda kamayib ketgan. 5G ni rivojlantirish uchun ko‘proq sarmoya talab etiladi. Chunki ushbu texnologiya B2B biznes modellari va keng jamoyatchilik talablarini qondirish uchun kerak».
Amaliy ishlar keyingi oydan boshlanadi va sentabr oyida kommertsial aloqa yo‘lga qo‘yiladi.