iPhone 7 ikki kun suv ostida qolib ketgandan keyin ham ishladi

Fan-texnika 16:50 / 18.07.2018 8742

Ishlab chiqaruvchilar cuvning 1 metr chuqurligida  iPhone 7 smartfoni 30 daqiqa ishlashiga kafolat berishadi. Lekin bir voqea sabab qurilma 48 soat davomida suvda qolib ketgan bo‘lsayam uning funksiyasiga hech qanday zarar yetmadi.

Bir kuni Dorset (Angliya) qirg‘og‘iga yaqin hududda suzib yurgan g‘avvos Keriz Hirzi 30 fut chuqurlikdan miltillayotgan nurga ko‘zi tushdi. U yaqinroq borganida, iPhone7  rusumli smartfonga sms-xabar kelgani ustidan chiqdi. Qurilma shikastlanmagan ham, signalni ham qabul qilishda davom etgan. Shuningdek, uning 84 foiz quvvati saqlanib qolgan.

Digital Trends nashri xabar berishicha, telefonni qayiqda suzib yurgan ikki yigit tashlab yuborgan. 48 soat o‘tgandayam ishlashda davom etishiga sabab uning himoya qobig‘i bo‘lgan. G‘avvos suvdan chiqqach iPhone 7’ning egasi raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. Ma'lum bo‘lishicha, Kanada fuqarosiga tegishli qurilma Angliyaga qarindoshinikiga kelgan paytda dengizga tushib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: