«Vedomosti» va «Kommersant'» nashrlarining ma'lum qilishicha, «Yandeks» kuz oxirida «aqlli» uyni boshqarishga mo‘ljallangan qurilmasini chiqaradi.
Bu Rossiya kompaniyasining ana shunday ikkinchi qurilmasi bo‘ladi – iyul boshida «Yandeks.Stantsiya» «aqlli» ovozkuchaytirgichi sotuvga chiqarilgandi.
Kompaniya ushbu qurilmani Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlariga olib kirish uchun ruxsatnoma olgan.
«'» manbasining ma'lum qilishicha, qurilma «Yandeks.Modul» deb nomlanadi va «Megafon»ning Life Control «aqlli» qurilmasiga o‘xshab ketadi. Qurilma «Yandeks.Stantsiya» funksiyalariga asoslangan bo‘lib, Google Home qurilmasini eslatadi. «Yandeks» vakili esa bu xabarni rad etdi va ro‘yxatga olingan qurilma «aqlli» uy qurilmasiga mansub emasligini bildirdi.