PwC tahliliga ko‘ra, sun'iy intellekt iqtisodiy o‘sishni ta'minlab beradi va ishsizlik muammosini bartaraf etishi mumkin. Lekin u sanoat sohasida ishchilar sonini o‘zgartirib yuborishi ham mumkin. U texnologiyaning oldingi namunalaridan farq qiladi, chunki robot va algoritmlar intellektual, shuningdek, kundalik yumushlarni bajarishi mumkinligi haqida bahslashayotganlar ham oz emas.
PwC bosh iqtisodchisi Jon Xoksvort shunday deydi: «Bug‘ mashinasidan tortib kompyutergacha bo‘lgan asosiy yangi texnologiyalar nafaqat mavjud ishchi kuchi o‘rnini to‘ldiradi, balki mahsuldorlikni ham oshiradi. Bu narxlarni tushirib, real daromad va xarajat darajasini oshiradi va keyin qo‘shimcha ishchilarga bo‘lgan talab o‘sadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, sektor bo‘ylab ish hajmi bosqichma-bosqich oshib boraveradi».
PwC ma'lumotida 2017-2037 yillarda taxminan 7 mln. ish o‘rni sun'iy intellekt tomonidan egallanadi. Hayratlanarli jihati shundaki, bu holat 7.2 mln. ishchiga ehtiyoj tug‘diradi. Sog‘liqni saqlash tizimida 22 foiz, ilmiy va texnik xizmatlar 16 foiz va ta'lim jabhalari 6 foiz miqdorida kadrlarni talab qiladi. Aksincha, manufakturada 25 foiz, transportda 16 foiz va davlat boshqaruvida 18 foizdan pasayish kuzatiladi.