Rolls-Royce kompaniyasi yaqin o‘n yil ichida uchar taksilar harakatlanish tizimini takomillashtiruvchi texnologiyani joriy etish niyatida.
Qimmatbaho to‘y mashinalarini bilan birga aviatsiya uchun motorlar ham ishlab chiqaradigan ushbu kompaniya Buyuk Britaniyadagi «Farnboro» aviasaloni davomida ishchi nomi EVTOL (Electric Vertical Take Off and Landing) bo‘lgan uchar taksi prototipini namoyish etdi.
Olti elektrodvigatel bilan ta'minlangan bu uchar taksi besh nafargacha yo‘lovchi tashiy oladi. U soatiga 400 kilometr tezlikda parvoz qiladi, «to‘liq baki» 800 kilometr yo‘lga yetadi.
Rolls avtomobil ishlash mexanizmini yanada rivojlantirish uchun boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Rolls-Royce o‘z uchar taksisini 2020 yillar boshida seriyalab ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Uning nafaqat oddiy fuqarolar uchun, balki harbiylar uchun mo‘ljallangan versiyalari ham bo‘ladi.
Kompaniyaning elektriklar guruhi boshlig‘i Rob Vatson shunday deydi: «Biz shaxsiy aviatsion safarbarlik olamida yetakchi rol o‘ynashimiz mumkin. Shuningdek, boshqa hamkorlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatish niyatidamiz».
Uchar jismlar ancha paytdan beri fantastika namunasi bo‘lib kelgan. Aviatsiya va texnologiya kompaniyalari ularni real hayotga tatbiq qilishga urinishmoqda. Shu paytgacha Airbus, Uber avtomobillari bilan shug‘ullanuvchi firma va boshqa qator startap loyihalari (Google asoschilaridan biri Larri Peyj hamkorligida) e'lon qilindi.
Rolls tomonidan ta'kidlanishicha, EVTOL’ning boshlang‘ich konsepsiyasi 6ta elektrik propulsorlarni (past ovozga ega bo‘lish uchun maxsus loyihalashtirilgan) quvvatlantiruvchi elektr tokini ishlab chiqaradigan gaz quvuri texnologiyasidan foydalandi. Uning qanotlari (90 darajaga aylanadigan) vertikal ravishda qo‘nish va uchish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Taksi mavjud vertodrom va aeroportlarga qo‘nishi mumkin.
«Biz gibrid elektr energiya ishlab chiqarish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun qilayotgan harakatlarimiz tufayli ushbu model keyingi o‘n yillikning o‘rtalarida odamlar e'tiboriga havola etilishiga ishonamiz. Kompaniyamiz mashina qurilmasining elektr ta'minoti bilan bog‘liq masalalarni hal qilish uchun munosib sherik qidirmoqda», degan Rolls mutasaddilari.
So‘nggi yillarda juda ko‘p kompaniyalar, xususan, Uber, Toyota, Airbus, Google kabi (kabi katta, Opener kabi kichik shirkat)lar uchar avtomobillar ustida ish olib borayotganini e'lon qildi. Rolls-Royce ishlanmasining ulardan asosiy farqi — u vertikaliga uchib, qo‘na oladi.