Kiroyi velosiped ixtirosi: u endi zanjirsiz harakatga keltiriladi - video

Fan-texnika 16:50 / 16.07.2018 26641

Daniyaning CeramicSpeed kompaniyasi zanjirlardan xoli va Driven tezlik transmissiyasiga ega velosipedning ishchi kontseptini taqdim qildi.

Ishlab chiqaruvchilar yangi transmissiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi 99 foizga teng ekanligini ta'kidlashmoqda.

Yangi transmissiya velosipedning valli transmissiyasining turli ko‘rinishlaridan iborat bo‘lib, tezliklarni o‘zgartirish imkoniyatini nazarda tutadi. Harakatga keltiruvchi va tortuvchi «yulduzchalar» butun tekis doira bo‘ylab teng taqsimlangan ilmoqlarga ega disk ko‘rinishida tayyorlangan.

Ishlab chiqaruvchi transmissiya ming vattdan ziyod quvvatni uzatishga mo‘ljallanib tayyorlanganini ta'kidlamoqda. Taqqoslash uchun: oddiy poyga chog‘ida velosipedchi tomonidan kuchga keltiriladigan o‘rtacha quvvat 250 vattga teng.

Driven transmissiyasi sinovlarning boshlang‘ich bosqichini o‘tamoqda. Uning yog‘ingarchilik va loygarchilik vaqtida qanday ishlashi, yuklamalarning o‘zgarishiga qanday chidab berishi hozircha noma'lum.

Ko‘proq yangiliklar: