Surxondaryo viloyatining yangi hokimi tasdiqlandi
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida o‘tgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov o‘rniga shu paytgacha Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan Bahodir Po‘latov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 13 iyul kuni Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Turobjon Jo‘rayev lavozimdan ozod etilgandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi sifatida ishlab kelgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

02:54 / 01.02.2025
«Bolaga bilim berish bilan shug‘ullanmasak, kosamiz oqarmaydi» - Erkinjon Turdimov

23:02 / 23.01.2025
25 yillik noyob siyosiy karera: Erkinjon Turdimov o‘z rekordini yangiladi

11:11 / 22.01.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi

20:01 / 10.01.2025