Dunyodagi eng arzon avtomobil ishlab chiqarishdan olindi 

Fan-texnika 09:40 / 13.07.2018 43891

Hindistonning Tata kompaniyasi o‘zining Tata Nano xetchbekining oxirgi nusxasini ishlab chiqardi. Automotive News nashri ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya avtomobillarni ishlab chiqarishni davom ettirish befoyda degan qarorga kelgan, chunki ushbu avtomobildan 2018 yilda bor-yo‘g‘i bir dona sotilgan.

Tata Nano 2008 yilda taqdim qilingan va 2 ming dollar narx bilan savdoga chiqarilgan. Mashinaning takomillashganroq versiyasi qimmatroq, biroq 3,1 ming dollardan oshmagan narxdan sotilgan. Shu sababli mashina dunyodagi eng arzon mashina hisoblangan. Kompaniya egalarining tan olishicha, aynan shu jihat avtomobilning nufuziga salbiy ta'sir qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: