Janubiy Koreyada sun'iy intellekt robotlari sayyohlarga ko‘maklashadi

Fan-texnika 15:04 / 12.07.2018 4121

Janubiy Koreyaning Incheon xalqaro aeroporti mutasaddilari turistlarga beminnat yordam beruvchi robotlar xizmatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 21 iyuldan boshlab ushbu robotlar terminalda adashib qolgan sayohatchilarga kerakli maslahatlarni beradi. Uchish-qo‘nish jadvallari, ro‘yxatdan o‘tish tartib-qoidalari va boshqa muhim ma'lumotlar ham unda mujassam. Birinchi terminalda 8 ta, ikkinchisida 6 ta robot sayyohlar og‘irini yengil qilish uchun doimiy harakatlanadi.

Foto: Yonhap

AirStar deb nomlanuvchi ushbu robotlar mustaqil harakatlanadi, tashqi ovozlarni ajratish va sun'iy intellektga ega murakkab texnologiyadan iborat. “Temir odam”lar sensorli ekran, mikrofon va shtrix kodli skaner orqali muloqot qilishadi. Shuningdek, 4 til: koreys, ingliz, yapon va xitoy tillarida gaplasha oladigan robot bosh qismiga o‘rnatilgan ekranda 14 xil hissiyotni ko‘rsatib beradi. 

Aeroport bosh ijrochi direktori Chung Il Yung bu haqda shunday deydi: “Mijozlarimizga yanada kengroq xizmat ko‘rsatish uchun innovatsion texnologiyaning eng ilg‘or namunalarini havola etishda davom etamiz”.

Foto: Yonhap
Foto: Yonhap
Ko‘proq yangiliklar: