Shvetsiya startapi xodalar tashish uchun o‘zi boshqariluvchi elektr yuk mashinasini yaratmoqchi

Fan-texnika 22:21 / 12.07.2018 6723

Shvetsiyaning Einride kompaniyasi xodalar tashish uchun mo‘ljallangan o‘zi boshqariluvchi elektr yuk mashinasi T/Log’ning videosini namoyish qildi. 

Videoga ko‘ra, mashinada kabina yo‘q bo‘ladi. Haydovchi o‘rnining o‘rnatilishi mashina ishlab chiqarilishini ancha qimmat qiladi, inson mehnatidan foydalanish esa mashinadan foydalanish xarajatlarining oshishiga olib keladi, deb hisoblamoqda kompaniya rahbari Robert Falk.   

Mashina Nvidia kompaniyasining rulda odam o‘tirishini talab qilmaydigan 4-darajadagi avtonomlik boshqaruv tizimi bilan jihozlanishi kutilmoqda. Qiyinchiliklar yuz bersa, mashinani boshqarishga masofadagi operator kirishishi mumkin. 

Yuk mashinasi akkumulyatorlarining bir quvvatlanishida 200 km yo‘l bosib o‘ta oladi. Mashinaning yaratuvchilari u asfalt yo‘llar orqali yurishiga umid qilishmoqda.

Kompaniya mashina uchun batareyalarni kim yetkazib berishini va u qayerda ishlab chiqarilishini oshkor qilmagan. Startapning ehtimoliy mijozlari orasida bir nechta yirik kompaniyalar bor, biroq bu kelishuvlar tafsilotlari ma'lum qilinmagan.  

T/Log 2020 yilda yo‘llarga chiqishiga umid qilinmoqda. Bu ancha optimistik prognoz hisoblanadi, chunki hatto yirik kompaniyalar ham bunday avtonomlikdagi mashinalarni bu muddatga chiqara olishlariga ko‘zlari yetmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: