Biznes va savdo markazlari uchun LGMultiV5 konditsioner tizimlari

Fan-texnika 13:16 / 12.07.2018 13976
Foto: LG

Biznes va savdo markazlari uchun samarali iqlim-nazorati kelajakning "aqlli" shaharlari qurilishidagi asosiy ustunliklardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunda uskuna sozlamalarining moslashuvchanligi, kuchi, barqarorligi, o‘rnatilishdagi qulaylik va energosamaradorlik katta rol o‘ynaydi. LGMultiV5 konditsioner tizimi - katta maydonlarni salqinlashtirish uchun mukammal yechim. Nima uchun deysizmi?

Foto: LG

MULTIV5 multizonal (VRF) tizimlarning yangi avlodidir. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: DualSensingControl tizimi, yangi invertor kompressorlar, aksilkorroziya qoplama, uzluksiz isitish funksiyasi va tashqi blokning yaxshilangan ish faoliyati.

Shuningdek MULTIV5 tizimining quyoshli mintaqamiz uchun eng ijobiy tomoni sovutish va isitish rejimlarining keng harorat diapazonidir, bu esa turli iqlim sharoitlari uchun ayni muddao. Tashqi bloklarda qo‘llanuvchi takomillashtirilgan texnologiyalar tufayli ular sovutish rejimida - 48 daraja issiqqacha, isitish rejimida esa 25 daraja sovuqqacha bo‘lgan tashqi harorat sharoitlarida xizmat ko‘rsata oladi.

Foto: LG

MULTIV5 har qanday inshoot sharoitlariga to‘g‘ri keluvchi samarali boshqaruv tizimlarining keng spektrini taklif qiladi. Uskuna ma'lumotlari oson boshqariluvchi interfeys, boshqaruvga boshqa qurilmani ulash va elektr energiyasi iste'molini hisoblash imkoniyatlari bilan jihozlangan. Bundan tashqari, ichki bloklar yangi avlodning "aqlli" individual pulti bilan ta'minlangan.

Foto: LG

MULTI tV5'dagi boshqaruv tizimlaridan biri DualSensingControl texnologiyasi hisoblanadi, u bir vaqtning o‘zida ham harorat, ham namlikni o‘lchaydi. Bu issiqlik kirishining yanada aniq va yashirin tahlilini beradi. Bu inshootning haddan ziyod sovib ketishining oldini olib, oxir-oqibat inson uchun qulay mikroiqlim yaratadi va bir vaqtning o‘zida foydalanuvchilarga elektr energiyasini tejash imkonini beradi.

MULTIV5'dagi yangi avlod invertor kompressori o‘zining 10 foizga oshirilgan energosamaradorligi va ishonchliligi bilan farqlanadi. Kompressordagi invertor aktuator shovqin va vibratsiyaning past darajada bo‘lishini ta'minlaydi. Olti klapanli tizim esa to‘rt klapanliga nisbatan kompressorning haddan tashqari siqilgan xladagent tufayli zarar yetishi oldini oladi.

Foto: LG

MULTIV5 invertor kompressori texnologiyasining xususiyatlari quyidagilar:

1. VaporInjection texnologiyasi ikki bosqichli siqish mexanizmi tufayli past haroratlarda barqaror issiqlik bilan ta'minlaydi.

2. PEEK materialdan (poliefirefirketon)takomillashtirilgan podshipnik bunga qadar faqat aviatsion dvigatellar tayyorlashda qo‘llangan, u moysiz ham uzoq ishlash imkoni bilan yanada ishonchli hisoblanadi.

3. Kompressorning 10 Gts dan 165 Gts'gacha chastotalari diapazoni qurilma faoliyati samaradorligini oshiradi va konditsionerli inshootni tezda kerakli haroratga sozlash imkonini beradi, shuningdek foydalanuvchining buyrug‘iga tezkor reaksiya qiladi.

4. HiPORTM (yuqori bosim ostida moyning qaytishi) xladagentni qayta ishga tushirganda kompressor samaradorligi zarar ko‘rmasligini ta'minlaydi.

5. SmartOilManagement texnologiyasi maxsus datchik yordamida real vaqt rejimida kompressordagi moy darajasini  aniqlab beradi, bu avtomatik ravishda uning muvozanatini qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.

LGMultiV5'ning yana bir ijobiy jihati biomimetik texnologiyalar  asosida ishlangan ventilyator va to‘rt tomonlama issiqlik almashinuv mexanizmi kabi yaxshilangan asosiy komponentlaridir.

Yuqorida qayd etilganlarga qo‘shimcha ravishda shuni ta'kidlash mumkinki, tashqi blok issiqlik almashuvchi mexanizmi misli ko‘rilmagan korrozion barqarorligi bilan ajralib turuvchi LG "OceanBlackFin” eksklyuziv qoplamasi bilan jihozlangan va u eng og‘ir sharoitlarda ekspluatatsiya qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Ikki qavatli va ikki tomonlama qoplama tuz va qum kabi agressiv moddalar, shuningdek sanoat chiqindilaridan himoyani kafolatlaydi. Ingichka gidrofil plyonka issiqlik almashinuv moslamasi ustida kondensat hosil bo‘lishini qisqartiradi. Bu qurilmaning xizmat qilish muddatini uzaytiradi va bir vaqtning o‘zida texnik xizmatlar xarajatlarini pasaytiradi.

Foto: LG

LGMultiV5 konditsioner tizimini o‘rnatishga doir savollar va umumiy konsultatsiyalar uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: 0−800 120−22−22

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: