WhatsApp’da yangi funksiya paydo bo‘ldi

Fan-texnika 23:19 / 11.07.2018 14549

WhatsApp messenjerida yolg‘on xabarlarga qarshi yangi funksiya kiritildi.

Messenjerning oxirgi versiyasida xabarni jo‘natuvchi kimligini bilish imkonini beruvchi “yuborilgan xabar” belgisi paydo bo‘ladi.

“Shu belgi evaziga sizga yuborilgan xabar haqiqatan do‘stingiz yoki yaqiningiz tomondan yozilgani yoki sizga boshqa odam yozgan xabarni jo‘natishganini bila olasiz”, deyilgan messenjer saytidagi xabarda.

Kompaniya xabarlaringizni jo‘natishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan. WhatsApp’da ta'kidlanishicha, nomaqbul kontaktni bloklash mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: