«Aqlli» maishiy texnika nafaqat zamonaviy ko‘rinishga ega, balki bizning tez rivojlanib borayotgan asrimizda barcha ishimizni osonlashtiradigan haqiqiy yordamchi hamdir.
Telefon va televizorlar «aqlli» yordamchiga aylanib bo‘ldi, ularning ishlab chiqaruvchilari esa bu nuqtada to‘xtab qolmoqchi ham emas. Barchamizga ma'lum bo‘lganiday, mukammallikning cheki yo‘q. Maishiy texnika ham tinimsiz o‘zgarib, samaradorligi oshmoqda, sezdirmay ishlab, hayotimizga qo‘shimcha qulaylik taqdim etayotgan yangi funksiyalarga ega bo‘lib bormoqda. Keling, Samsung kompaniyasi misolida texnologiyalar hayotimizni yaxshi tomonga qanchalik o‘zgartirganligiga nazar solamiz.
Televizorlar
Samsung’ning yangi QLED televizorlari xona intereriga juda oson va oddiy tarzda mos tushaveradi.
Afzalliklari:
Ambient rejimi
2018 yil Samsung kompaniyasi QLED televizorlari uchun innovatsion rejim taqdim etdi. Ambient rejimida qurilma displeyiga oboy rangi yoki tasvirini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish mumkin, bu esa o‘z navbatida televizor xona intereriga a'lo darajada mos kelishini ta'minlaydi. Ambient rejimi orqali televizordan ob-havo va yangiliklar haqidagi eng muhim ma'lumotlarni ko‘rsatib turilishi uchun foydalanish mumkin.
One Invisible Connection - ko‘rinmas ulanish tizimi
One Invisible Connection* - bu quvvat va ma'lumotlarni uzatish kabellarini o‘zida birlashtirgan bitta ingichka sim. Yangi QLED televizorlari uchun boshqa hech qanday qo‘shimcha ulanishlar, o‘tkazuvchilar va simlar talab etilmaydi. Ushbu sim hech qanday muammosiz xonangizning intereriga juda mos tushadi.
Bevosita yoritish texnologiyasi (Direct Full Array)
Bevosita yoritish texnologiyasi orqali (DFA) Q8F va Q9F modelli QLED televizorlari yuqori kontrast darajasiga ega ajoyib tasvirlarni namoyish qiladi.
Kir yuvish mashinalari
Afzalliklari:
A'lo sifat. Ikki karra tezroq
QuickDrive texnologiyasi mahsulot sifatini a'lo darajada saqlagan holda kir yuvish vaqtini 2 marta tejaydi hamda energiya iste'molini 20 % ga qisqartiradi. Innovatsion Q-Drum barabani asosiy baraban va yanada tezroq, samaraliroq va mukammal tozalovchi mustaqil aylanishli orqa devordan iborat.
AddWash texnologiyasi
Kir yuvishning istalgan bosqichida kir kiyimlarni mashinaga solishingiz mumkin.
Jinsini kir yuvish mashinasiga solishni unutdingizmi? Kir yuvish boshlangan bo‘lsa ham, AddWash qo‘shimcha eshikchasi orqali qolib ketgan kiyimlarni osongina mashinaga joylashtirsa bo‘ladi.
Tezkor kir yuvish
QuickDrive texnologiyasi tufayli bor-yo‘g‘i 39 daqiqada samarali natija.
Tezlashtirilgan kir yuvish rejimi kir yuvish vaqtini 39 daqiqada 34 foizgacha qisqartiradi. QuickDrive texnologiyasi kir yuvish vaqtini barabanning dinamik aylanishi hisobiga kamaytiradi, Eco Bubble generatori esa kir yuvish kukunini faol ko‘pikka aylantiradi va bu chuqur o‘rnashib qolgan dog‘larni ham yo‘qotishga xizmat qiladi. Chayish vaqti esa Speed Spray texnologiyasi, Swirl+Drum barabani va uning aylanish tezligi oshishi hisobiga kamaytiriladi.
Quvvatli va ixcham robot-changyutgich
Afzalliklari:
Tozalash qiyin bo‘lgan joylarni tozalash
Yangi VR7000 modelli robot-changyutgichining so‘rish quvvati oldingi modellarning so‘rish quvvatiga nisbatan 20 marta ko‘proq* - endi ushbu changyutgichlar istalgan joydagi changlarni osongina yo‘qotishi mumkin. Bundan tashqari, u yanada ixchamroq shaklga ega bo‘lgan.
Samsung changyutgichi keng maydonni skanerlaydi
Yangilangan FullView Sensor™ 2.0 navigatsiya tizimi binoni skanerlash va har qanday predmetni, hattoki katta maydondagi eng kichik narsalarni ham aniqlashga imkon beradi. Bunday tashqari, datchik burchaklar holatini tekshirib ko‘radi va so‘rish quvvatini 10% ga oshirib, uch marta changdan tozalashni amalga oshiradi.
Burchaklar va devorlarni puxta tozalash
Edge Clean Master burchaklarni tozalash tizimi changyutgichning old qismida joylashgan cho‘tkasi yordamida burchaklar va plintuslarni changlar va axlatlardan samarali tarzda tozalaydi. Changyutgich devorga tekkanda, maxsus kurakcha pastga tushib, chang va axlatlarni yig‘ib oladi.
O‘zi tozalanadigan cho‘tka
Noyob o‘zi tozalanadigan cho‘tka yung va sochlar bilan hadeb to‘lib qolavermaydi. Bunday axlatlar cho‘tka markazida yig‘iladi va changto‘plagichga yuboriladi.
Intellekt
Quvvatni intellektual boshqarish tizimi yuza turini aniqlaydi va shunga qarab eng mos keladigan quvvatni tanlaydi. Changyutgich gilamli qoplamalarga yoki gilamchalarga o‘tganda, tuklarda o‘tirib qolgan changlarni yaxshilab olib tashlash uchun uning quvvati avtomatik ravishda oshadi.
Ko‘rib turibsizki, Samsung maishiy texnikalarining «aqli» so‘nggi bir necha yil ichida sezilarli ravishda takomillashgan. Bular bir nechtagina misollar, xolos. Ammo shuning o‘zidan xulosa qilish mumkinki, ilg‘or modellar kompaniya mahsulotlarining barcha bo‘g‘imlarida mavjud. Bu tendensiya esa doimiy davom etmoqda. «Aqlli» texnologiyalar poygasi endi boshlanmoqda.
Reklama huquqi asosida