Bryusseldagi NATO sammiti vertolyotlar shousi bilan ochildi

Foto: AP Photo/Markus Schreiber
Bryusselda bugun ochilgan NATO sammiti qisqacha aviashou bilan boshlandi. Shimoliy Atlantika alyansining 13 davlatiga tegishli 26 ta vertolyot tashkilotning yangi bosh qarorgohi uzra tartib bilan uchib o‘tishdi, deb yozadi TASS.
NATOga a'zo 29 davlat va hukumat rahbarlarini jamlagan forumni ochar ekan, tashkilot bosh kotibi Yyens Stoltenberg bo‘lajak muzokaralarning bosh maqsadi jamoaviy mudofaa imkoniyatlarini kuchaytirish va terrorizmga qarshi kurash uchun sa'y-harakatlarni yanada jipslashtirish ekanligini qayd etdi. «Bir necha yil avval biz mudofaa byudjyetlarini qisqartirgan edik, — dedi u. — Bugun esa biz bu jabhaga ko‘proq sarmoya yotqizishga tayyormiz».
Belgiya tashqi ishlar vaziri Sharl Mishel sammit arafasida Sankt-Peterburg shahrida futbol bo‘yicha jahon chempionatining yarimfinal uchrashuvida maydonga tushgan Belgiya va Fransiya terma jamoalari «ajoyib birdamlik va jamoaviy ruhni namoyish etib berishgan»ini qayd etdi. Frantsuzlar minimal hisobda g‘olib chiqishdi va endi finalda Angliya – Xorvatiya juftligi g‘olibini kutishadi.
Mavzuga oid

00:59 / 08.02.2025
Bryusselda bir haftada ichida to‘rtinchi otishma yuz berdi

14:38 / 06.01.2025
NASA Marsni o‘rganishga mo‘ljallangan yangi vertolyotni namoyish etdi

22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi

21:04 / 22.12.2024