Svetoforda mashinasini to‘xtatgan Toshmat akaning yuziga issiq shamol esa boshladi. U xo‘rsingancha yo‘ldan o‘tayotgan piyodalarga tikildi. Qorin ham ancha och, lekin tushlik tayyor bo‘lgunicha hali ko‘p vaqt bor. Sabr tagi - sariq oltin deya o‘zini ovuntirgan Toshmat aka yana bir xo‘rsindi-da, yashil chiroq yonishi bilan yo‘lini davom etdi.
Jazirama issiqda mashinasini haydab ketayotgan Toshmat akaning hayolida bir soatcha avval yuz bergan voqea gavdalandi: Tushlik payti keldi, Holida opa chiroyli qilib dasturxon to‘shayapti. Gaz plitasini ustida kechda pishirib, tayyor qilingan mastava paydo bo‘ldi. Holida opa qozonni qopqog‘ini ochdi-da, voy deb yuzlarini burushtirdi. Achib qolibdi! Issiqqina, shirin mastavani ichishga hozirlangan Toshmat aka bir zumda g‘am tortdi, Holida opa esa birdaniga noliy boshladi: – Voy, shu bitta sovutkichni deb shuncha mahsulot uvol bo‘ldi-a! Bu bo‘lmagur sovutkichga mahsulotlarni tiqsang qozon sig‘maydi, qozonni tiqsang mahsulotlar qolib ketadi. Yana qancha chidash mumkin bu ahvolga?
Avzoyi buzilgan Toshmat aka qo‘lini bir silkitdi-da, uydan chiqib ketdi. Hozirda yo‘lda ketar ekan, muzlatgichni nima qilsam ekan, deb boshi qotgan Toshmat aka savoliga javob qidirgudek, yo‘l bo‘yidagi do‘konlarga tikildi, va to‘satdan do‘konlardan biridagi yozuvga ko‘zi tushdi...
Bu paytda Holida opa tezlik bilan sabzavotlarni tozalash bilan ovora.
Oyijon, ovqat qachon tayyor bo‘ladi?
Hademay tayyor bo‘ladi, bolam. Borib o‘rtoqlaring bilan bir o‘ynab kelguningcha pishib qoladi.
Voy, kallam qursin! Holida opa shoshilib muzlatgichni eshigini ochdi va muzlab qotib qolgan go‘shtni chiqardi. Bu sovutkichni foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq: kichkinaligidan ichiga mahsulotlarni tiqib bo‘lmaydi, ichidagi mahsulotlarni turgan-bitgani muz, bunisi ham yetmaganidek, yana har doim buziladi!
Toshmat aka do‘konda qiziqish bilan atrofiga nazar tashladi. Do‘kon peshtaxtalari xilma-xil texnikalar bilan to‘lib toshgan, sal chetroqda tovushsiz konditsioner ishlamoqda. Toshmat aka uning mayin, salqin shabadasi tomon qadam tashladi.
- Assalomu alaykum, mabodo yordamim kerak emasmi? degan savol bilan jilmaygancha maslahatchi-sotuvchi Toshmat akaga yaqinlashdi.
- Qanaqa texnika qidiryapsiz, aka?
Toshmat aka sal uzoqroqda turgan, har xil ranglarga bo‘yalgan sovutkichlarga bir-bir qarab qo‘yib:
- Sovutkich qidirib kelgandim do‘koningizga.
- To‘g‘ri manzil bo‘yicha kelibsiz, aka! Bugungi kunda Artel korxonasi o‘n ikkitadan ortiq turli xususiyatlarga ega bo‘lgan sovutkichlar ishlab chiqaradi! Hozir sizga hammasi haqida gapirib beraman! Ko‘rib turganingizdek, Artel sovutkichlari beshdan ortiq turli ranglarda ishlab chiqariladi, ichki qismi juda ham keng, toblangan shishasi esa hatto katta vaznlarga ham bemalol dosh beradi. Bundan tashqari, Artel sovutkichlari yurtimizning iqlimiga butunlay moslashtirilgan, hamda uch yillik to‘liq, bepul kafolatga ega...
Xonadonda hozirgina pishgan mazali mastavaning xushbo‘y hidi taralmoqda. Holida opa dasturxonni to‘shayman deb turganda eshik taqilladi. Ana, Toshmat aka ham vaqtida uyga qaytdilar degancha, Holida opa eshikni ochishga shoshildi. – Voy, nima bu?! Taajjublanganidan ko‘zlari katta-katta bo‘lib ketgan Holida opaning yonidan o‘tib katta quti ko‘tarib olgan ikki yigit xonadonga qadam bosishdi. Ularning ortidan esa jilmaygancha Toshmat aka paydo bo‘ldi. Bir zum o‘tar-o‘tmas yigitlar eski sovutkichni o‘rniga yap-yangi, yashilga bo‘yalgan sovutkichni o‘rnatishdi. – Uch yil kafolati haqida unutmang, aka! Yaxshi kunlarga ishlatinglar.
Kun davomida hayratda qolgan Holida opa ko‘zlariga ishonmay yangi sovutkichga ko‘z tashlab qo‘yardilar. Dasturxon to‘shalgunicha uyga katta farzandlari ham qaytishdi. Toshmat aka bir dasturxon atrofida yig‘ilgan baxtli oilasiga nazar solar ekan, baxt-saodatni topib yoki sotib olib bo‘lmasligi haqida o‘yladi. Oilamizning baxti bizning qo‘limizda, xonadonimizning ko‘rki uchun esa – Artel!
Qo‘shimcha ma'lumot uchun (+99871) 148-88-88 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki http://www.artelgroup.org/ , https://www.facebook.com/arteluzb/ saytlariga tashrif buyuring.
Reklama huquqi asosida