Tesla Xitoyda yiliga 500 ming avtomobil ishlab chiqariladigan zavod qurmoqchi

Fan-texnika 22:52 / 10.07.2018 5928

Tesla kompaniyasi Shanxay rahbariyati bilan hududda yiliga 500 ming avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod qurish bo‘yicha dastlabki bitim tuzdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda

Zavodni qurish muddati, u qayerda qurilishi va unga kiritiladigan sarmoyalar haqida ma'lumot berilmagan.
 

Tesla’ning Xitoydagi zavodi AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushidan ko‘riladigan ziyonni minimallashtirishga imkon beradi. Iyul boshida Xitoy hukumati AQSh avtomobillari importiga bojlarni 40 foizga oshirgan. Shundan keyin Tesla Xitoyda Model S va Model X modellari uchun narxlarni 30 ming dollarga oshirishiga to‘g‘ri kelgan. 

Bundan tashqari, Tesla Xitoyda zavod ochish bilan butlovchi qismlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalardan pul tejashi va mijozlarga avtomobillarni yetkazib berish narxini kamaytirishi mumkin. 

2017 yilda Tesla’ning Xitoydagi avtomobil savdosi 2 mlrd dollarni tashkil qilgan. Xitoy hissasiga kompaniya tushumining 17 foizi to‘g‘ri kelgan. LMC tahliliy kompaniyasining baholashicha, Tesla 2017 yilda Xitoyda 15 mingtaga yaqin mashina sotgan.

Ko‘proq yangiliklar: