2018 yil oxirigacha internet-kanal narxlarini pasaytirish va mavjud sig‘imlarni operativ oshirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari kanallarni ijaraga berish tariflarini pasaytirish bo‘yicha narxlar qayta ko‘rib chiqiladi. GroundZero coworking markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shu haqda so‘z bordi.
Shu bilan birga, kelgusida operatorlar va provayderlar uchun keng polosali ulanishni rivojlantirish bo‘yicha franchayzing sheriklik modeli taklif etiladi.
Farxod Ro‘ziyevning aytishicha, tariflar qayta ko‘rib chiqiladi va «O‘zbektelekom» AK infratuzilmasi ijarasi bo‘yicha yagona hujjat ishlab chiqiladi. Keng polosali internet-portlarni ijaraga berish siyosati ham to‘liq qayta ko‘riladi.
Ma'lum qilinishicha, «O‘zbektelekom» AK B2O segmenti strategiyasini muhokama qilish maqsadida kompaniyaning top-menejyerlari va mamlakatning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari «Hamkorlikning yangi formati» mavzusidagi norasmiy uchrashuvda ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar asosan hamkorlikda shaffoflik va tezkorlikni yo‘lga qo‘yish, yagona texnik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, Internet-kanallar va IP-transport narxlarini optimallashtirish masalalari bo‘ldi.